
Buffonning "Yuventus"dan ketishiga sabab nima?
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon bosh murabbiy Andrea Pirlo tufayli jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Buffonning Pirlo bilan ishlashdan ko‘ngli qolgan, chunki Andrea unga etarli o‘yin amaliyoti bermayapti. Darvozabon jamoaning ushbu mavsum ko‘rsatayotgan o‘ynayotganidan ham ranjimoqda.
"Yuventus" Chempionlar ligasining 1/8 finalida to‘xtadi. “Keksa sinora” hozirda Italiya chempionatida 5-o‘rinda bormoqda. Bu o‘rin EChLga yo‘llanma bermaydi.
43 yoshli Buffon joriy mavsum “Yuventus” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 7 ta gol o‘tkazib yubordi. So‘nggi paytlarda uning "Barselona"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar