Bugun 2 nafar dzyudochimiz ilk bosqichdayoq Olimpiada bilan xayrlashdi

  • 25 iyul, 2021, 07:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun ikki nafar hamyurtimiz - Sardor Nurilloev (-66 kg) hamda Diyora Keldiyorova (-52 kg) 1/16 bosqichda tatamiga chiqishi kerak edi.

Tecno

Ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova ilk bosqichda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida kurashga kirishgan Sardor Nurillaev 1/16 bosqichda moldovalik Denis Vieruga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashda mag‘lub bo‘lgan va Olimpiadani tark etgan edi.

Ma’lumot uchun, dzyudochilarimizni oldinda jamoaviy bellashuvlar ham kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/07/2021 13:38
ЛАПАШАНГ ДЗУДОЧИЛАР...