Bugun 3 bokschimiz Sant-Peterburgdagi turnirda ringga chiqadi

  • 07.05.2019 17:16
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida an’anaviy “Gubernator kubogi” musobaqasi start oladi. Turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamaosi vakillari ham ushbu kun doirasida ringga chiqishadi. Bugungi dasturda 3 bokschimiz jang olib borishi belgilab qo‘yilgan. Ringga chiqadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-60 kg: Otabek Xolmatov - Daniel Xellene (Mavrikiy)
-64 kg: Zoirjon Jumanazarov - Olivera Vanderson (Braziliya)
+91 kg: Obidjon Tohirov - Magomed Abdullaev (Ozarbayjon)

Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!