
Bugun 6 nafar bokschimiz "Gubernator kubogi" final bosqichiga chiqish uchun jang qiladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri boks bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda. Ya’ni, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan "Gubernator kubogi" qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Hozirga qadar saralash janglari o‘tkazilib, muhim bosqichlarga start berilgan. Jumladan, bugun 6 nafar bokschimiz "Gubernator kubogi" final bosqichiga chiqish uchun jang qiladi:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Edmond Xudoyan (Rossiya)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Amit (Hindiston)
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov - Maksim Chernishov (Rossiya)
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Dorin Buksha (Moldova)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Andrey Stotskiy (Rossiya)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Bugun ikki bokschimiz jahon chempionati finalida jang qiladi
Fikrlar