Bugun "ATF Championship 15" turniri bo‘lib o‘tadi yoxud o‘zbek MMA olamining yorqin vakili jang qiladi!

  • 23 oktabr, 2022, 09:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 "UFC 280" turniridagi super to‘qnashuvlar va yuqori darajadagi xissiyotlar og‘ushida yana bir ajoyib MMA kechasiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bu safargisi yanada qiziqarliroq va kuchli emotsiyalarga boy bo‘lishi aniq. Sababi, bugun 23 oktyabr kuni "Yunusobod" sport majmuasida "ATF Championship 15" turniri tashkil etiladi va unda bir qator o‘zbek o‘g‘lonlari xorijlik raqiblarga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Tecno

Markaziy jang esa, o‘zbek MMA olamining namoyandalaridan biri, ha adashganimiz yo‘q, yurtimizning og‘ir vazn toifasidagi eng ko‘zga ko‘ringan vakili, uzoq yillardan buyon yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Amin Ergashev ishtirokida bo‘lib o‘tadi. U eronlik Navid Yadageriga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu turnir Sport TV kanalai orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!