Bugun bokschilarimiz Qozog‘istonda o‘tkaziladigan "Prezident kubogi"ga yo‘l olishadi

  • 15 iyul, 2019, 12:38
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur nufuzli musobaqada jahonning 13 mamlakatidan charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tecno

Bahslarda Jazoir, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Suriya, Filippin, O‘zbekiston va Tojikiston mamlakatlaridan 123 nafar erkak, 33 nafar ayol sportchi qatnashishi kutilmoqda.

Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: Foziljon Abdumurodov

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63 kg: Kamronbek Eshmatov

-69 kg: Fazliddin Meliboev

-75 kg: Odiljon Aslonov

-75 kg: Rajabboy Atanazarov

-75 kg: Akmalbek Qosimov

-81 kg: Kozimbek Mardonov

-91 kg: Sardor Yormuhammedov

Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Bahodir Erkaev, Ravshan Xodjaev.


Ayollar:

-57 kg: Tursunoy Rahimova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: Shaxnoza Yunusova

Murabbiy: Kamoliddin Mutalov.

Jasurbek Qurbonov musobaqada hakam sifatida ishlaydi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslar 8 ta, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar esa 5 ta vazn toifasida tashkil etilmoqda. Musobaqa 20 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!