Bugun dunyo muxlislari ikkiga bo‘linadi!

  • 10 aprel, 2021, 08:02
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun futbol ixlosmandlari uchun katta bayram. Boisi, butun jahon bo‘yicha eng katta auditoriyaga ega ikki klub o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.

Tecno

Ispaniya La Ligasi 30-turi bizga mavsumning ikkinchi «el-klasiko»sini taqdim etadi. Bu safargi to‘qnashuvga Madriddagi kamtargina «Alfredo Di Stefano» maydoni mezbonlik qiladi.

Mazkur jamoalarning so‘nggi 5 uchrashuviga e’tibor qaratsak, mutlaqo tenglikka guvoh bo‘lishimiz mumkin. Oxirgi 2 o‘yinni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan «Qirollik klubi», shuningdek, 2 ta bahsni boy bergan. Yana bir uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» - «Barselona» bellashuvi 00:00 da start oladi. Yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib borishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Leo 10
10/04/2021 20:24
Barca yutadi