Bugun EChL 4 guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi
Bugun Evropa chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi so‘nggi tur bahslariga start beriladi.
A guruhi
“A” guruhida o‘tkazilgan turdan so‘ng PSJ va “Arsenal” jamoalari 11 ochkodan jamg‘arib, muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, “Bazel” va “Ludogorets” jamoalari 2 ochkodan jamg‘arishgan va ular Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
00:45 “Bazel” – “Arsenal”
00:45 PSJ – “Ludogorets”
B guruhi
“V” guruhida vaziyat biroz o‘zgacha. Bu erda uchta jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Guruh 8 ochko bilan etakchilik qilayotgan “Napoli” shuncha ochkoga ega “Benfika” bilan kuch sinashsa, 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan “Beshiktosh” hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmagan “Dinamo K” (2 ochko) maydonida qimmatli 3 ochkoni olishga harakat qiladi.
00:45 “Benfika” – “Napoli”
00:45 “Dinamo Kiev” – “Beshiktosh”
C guruhi
“S” guruhida kutilganidek, “Barselona” (12 ochko) yaqqol ustunlik bilan keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” hisobida esa 8 ochko bor va ular ham deyarli pley-offda turishibdi. Evropa Ligasi yo‘llanmasi naqd qilgan “Borussiya M” (5 ochko) esa safarda “Barselona” mehmoni bo‘ladi.
00:45 “Barselona” – “Borussiya M”
00:45 “Manchester Siti” – “Seltik”
D guruhi
Bu guruhda “Atletiko” 15 ochko bilan allaqachon pley-offga yo‘l olgan. “Bavariya” esa 9 ochko bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. Biroq qolgan ikki jamoa so‘nggi tur bahsida Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Garchi “Rostov” 4 ochko bilan bunga yaqin turgan bo‘lsada, PSV (1 ochko) maydonida o‘tadigan o‘yinda gollandlarni faqatgina g‘alaba qoniqtiradi.
00:45 “Bavariya” – “Atletiko”
00:45 PSV – “Rostov”

Fikrlar