
Bugun "el-klasiko"! Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi g‘olibi aniqlanadi
Bugun Ispaniya Superkubogi finali doirasida "Real" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bilasiz, Saudiya Arabistonida o‘tayotgan turnirda 4 jamoa ishtirok etayotgandi.
Yarim finalda har ikki klub penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Barselona" "Betis"ni, "Real" esa "Valensiya"ni taslim etgandi.
Qayd etish lozim, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 15 dan 16 yanvarga o‘tar kechasi tungi soat 00:00'da start oladi.
Fikrlar