
Bugun Hamdamov va Masharipov harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionining 18-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu tur doirasida Doston Hamdamov to‘p tepayotgan "Xatta" klubi "Al-Nasr" mehmoni bo‘ladi. Shuningdek, "Shabab Al-Ahli" o‘z uyida "Xaur Fakkan"ni sinovdan o‘tkazadi.
"Xatta"ning tur o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:30 da, Masharipov va G‘aniev jamoasi hisoblangan "Shabab Al-Ahli"niki esa 21:15 da start olishi belgilangan.
Fikrlar