Bugun Ispaniya Superkubogi boshlanadi

  • 08.01.2020 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor Ispaniya Superkubogi joriy yildan boshlab yangicha formatda o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan ushbu musobaqada jami 4 ta jamoa ishtirok etadi. Bular “Real” Madrid, “Valensiya”, “Barselona” va “Atletiko” Madrid klublaridir.

Bugun “Real” va “Valensiya” jamoalari o‘rtasida yarim finalning dastlabki bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

“Barselona” va “Atletiko” Madrid o‘rtasidagi ikkinchi yarim final o‘yini esa ertaga xuddi shu vaqtda bo‘ladi.

Yarim final g‘oliblari 12 yanvar kuni finalda bosh sovrin uchun kurashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!