
Bugun "Jenoa" g‘alaba qozonsa, B Seriya xavfidan qutuladi
Bugun A Seriya 36-turining bir qator bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturidan Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubining o‘yini ham o‘rin olgan.
Genuyaliklar ushbu turda "Bolonya" maydoniga safar qiladi. Mezbonlarni mag‘lub etishni uddalay olgan taqdirda, "griffonlar" xavfli zonaga tushib ketish xavfidan deyarli qutilib oladi. Sababi, 18-pog‘onada borayotgan "Benevento" bilan farq 5 tani tashkil etib turibdi va Filippo Inzagi shogirdlari ushbu turda "Atalanta"ga qarshi bahs olib boradi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar