Bugun "Jenoa" vitse-chempionlik uchun da’vogar klubni qabul qiladi

  • 15 may, 2021, 07:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasining 37-turi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturidan Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Jenoa" klubi ishtirokidagi o‘yin ham o‘rin olgan. Ushbu turda genuyaliklar "Atalanta"ni qabul qiladi. 

Tecno

Ayni paytda turnir jadvalining 2-pog‘onasida borayotgan "Atalanta" kumush medallar uchun 3 ta raqibga qarshi kurash olib boryapti va bu o‘yin bergamoliklar uchun juda muhim. "Jenoa" esa o‘tgan turda "Bolonya"ga qarshi bellashuvdagi g‘alaba bilan kelgusi mavsum A Seriyada qolishni naqd qilib qo‘ydi. 

"Luiji Ferraris" stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!