Bugun Madrid derbisi g‘olibi Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritadi
Bugun Ispaniya Superkubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Yangi formatda o‘tkazilayotgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida esa Madridning ikki grandi – “Real” va “Atletiko” o‘zaro bahs olib boradi.
Ushbu Madrid derbisi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Jidda shahridagi “Qirol Abdulla Sport Siti” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” yarim finalda “Valensiya”ni, “Atletiko” esa “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Ispaniya Superkubogi. Final.
"Real" - "Atletiko" 23:00

Fikrlar