
Bugun "Nasaf" va "Navbahor" o‘z raqibini bilib oladi
Bugun soat 13:00 da OChL pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi. Unda O‘zbekistonning ikki klubi raqiblarini bilib oladi.
Qur’a Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK Bosh qarorgohida tashkil etiladi. Marosimda "Navbahor" sport direktori Abdumalik Umrzoqov, "Nasaf" xalqaro aloqalar va litsenziyalash bo‘limi mutaxassisi Qobiljon Shodmonov hamda "Nasaf" sport direktori Botir Qoraev ishtirok etadi.
Qur’adan so‘ng OFK qarorgohida OChL pley-off bosqichi ishtirokchi klublari vakillari uchun seminar ham tashkil etiladi va unda navbatdagi bosqichning tashkiliy masalalari hamda ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar