
Bugun “Navbahor” – “Mumbay Siti” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi 3 oktyabr kuni OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida Hindistonning “Mumbay Siti” klubini qabul qiladi. Bugun o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi.
klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, soat 17:15da “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan va futbolchi Azimjon Ahmedov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Shuningdek, soat 18:30 da mehmonlar bosh murabbiyi Desmond Bukingem va futbolchi Rostin Griffits jurnalistlarning uchrashuv oldidan savollariga javob berishadi.
Fikrlar