
Bugun oktagonga ko‘tariluvchi hamyurtlarimiz jangi SPORT TV kanalida jonli ravishda efirga uzatiladi
Bugun Qozog‘istonning Almati shahrida MMA kechasi o‘tkaziladi. “Oktagon” promousheni tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur turnirda to‘rt nafar o‘zbekistonlik MMA vakillari ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
Jumladan, 56,7 kg vazn toifasida O‘g‘iloy Nasimova mezbonlar vakilasi Anastasiya Dyujikova bilan, 65.8 kg vaznda Aziz Sotvoldiev qozog‘istonlik Ulan Tamgabaevga qarshi, 65.8 kg vazn toifasida Murod Nurmatov ham qozog‘istonlik Farrux Mirsharipov bilan va nihoyat, 70.3 kgdagi Abdurahmon G‘ofurov yana bir mezbonlar vakili Ruslan Axmetovga qarshi jang qiladi.
Kecha ushbu turnir oldidan “Face to face” marosimi o‘tkazildi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, taniqli sharhlovchi Sardor Rahimovning ma’lum qilishicha, ushbu jang kechasi Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi va SPORT TV kanalida jonli ravishda efirga uzatiladi.
Fikrlar