Bugun O‘zbekiston oq, Turkiya qizil rangdagi formada o‘ynaydi

  • 02.06.2019 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyada mezbonlar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

Ana shu uchrashuvdan oldin tomonlar o‘rtasida rasmiy tadbir o‘tkazildi. Unda jamoalar qaysi rangdagi liboslardan foydalanishlari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra turkiyaliklar qizil rangdagi formada, hamyurtlarimiz esa oq rangli libosda harakat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni yashil rangli libosda, Turkiya posboni esa qora rangli libosda maydonga tushadi.

photo_2019-06-02_13-27-22

Eslatib o‘tamiz, Turkiya - O‘zbekiston bellashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!