Bugun O‘zbekiston Superligasi 7-turi start oladi
Bugundan O‘zbekiston Superligasi kichik tanaffusdan qaytadi va 7-tur bahslari start oladi. Kun dasturidan 2 ta ajoyib qarama-qarshilik o‘rin olgan.
Ularning birinchisida "Qizilqum" o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Turning markaziy bahsida "Bunyodkor" "Nasaf"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.

Fikrlar