Bugun "Paxtakor" stadionida nimalar bo‘ladi?
Bugun "Paxtakor" chempionlikni tantana qilinadigan bellashuvda "So‘g‘diyona"ni qabul qilishadi.
O‘yinga tashrif buyuradigan muxlislar chempionlik nishonlanishiga atalgan ajoyib kechaga guvoh bo‘lishlari mumkin. Ishqibozlar nafaqat qiziqarli futbol, balki chempionlikning chiroyli bayramdan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Bellashuv yakuniga etgach, stadionda lazer shou tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi, qimmatbaho sovg‘alar qo‘yilgan ijtimoiy aktsiya va eng muhim tadbir - chempionlik kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" bellashuvi 1 oktyabr, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar