
Bugun Shomurodovning omadsiz seriyasi barham topishi mumkin
Italiya A Seriyasi 25-turida "Spetsiya" klubi "Verona" maydoniga safar qiladi.
So‘nggi turlarda g‘alaba qozona olmayotgan spetsiyaliklar ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalida 20 ochko bilan 17-pog‘onani band etib turibdi.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 16:30'da start oladi. Qayd etish lozim, ayni vaqtda legionerimiz Eldor Shomurodov "Spetsiya" sharafini himoya qilmoqda va bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Fikrlar