Superliga. Bugun 4-turning ikki bahsi bo‘lib o‘tadi
Bugun Superliganing 4-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv 16:00’da start olishi rejalashtirilgan. Onlayn turnir jadvalidа "burgutlar" 3 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Mash’al" esa so‘nggi o‘rinni band qilgan.
Shuningdek, Vadim Abramovning "Dinamo"si ham safarda "Buxoro" bilan bahs olib boradi. Bu mavsum 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan "Buxoro" 7 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Samarqandliklar esa 4 ochko bilan 9-o‘rinni egalashgan. Bu uchrashuv soat 19:15’da boshlanadi.
Fikrlar