Bugun Turkiyada 5 nafar O‘zbekiston vakili jang qiladi(Video)
Bugun Turkiyaning Bursa shahrida MMA kechasi bo‘lib o‘tadi. KFL (Kadirov Fighting Liga) promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu turnirda 5 nafar O‘zbekiston vakillari oktagonga ko‘tariladi.

Jumladan, Shahbozbek Ilyosov, Murodjon Qodirov, Jahongir Rahmatullaev hamda Bobur Rahmatullaev reyting jangida ishtirok etsa, 65,8 kg vaznda hamyurtimiz Humoyun Ibragimov promoushenning chempionlik kamari uchun eronlik Amirhusayn Orifiga qarshi jang qiladi.

Bir necha soatlar avval ushbu janglar avvalidan vazn o‘lchash hamda o‘ziga xos nigohlar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yurtdoshlarimiz belgilangan vazn me’yorini bajara oldilar.

Fikrlar