
Bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ishtirokida "Grand Slam Tashkent - 2021" turnirining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)
Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turnirining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kechagina poytaxtimizga etib kelgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerning shaxsan o‘zi O‘rta Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan musobaqani ochib berdi.
“Aziz mehmonlar va mezbonlar, barchangiz dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasiga xush kelibsiz. Biz, dzyudo oilasi koronavirus pandemiyasi davrida ilk bor ushbu sport turida muxlislar bilan o‘tkazilayotgan musobaqada ko‘rishib turganimizdan mamnunmiz. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining dzyudo sportini rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlaridan mamnunmiz. Bilamizki, O‘zbekiston boy tarixga, madaniyatga ega mamlakat. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilab o‘taman va Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasini ochiq deb e’lon qilaman”, – dedi Marius Vizer.





















Fikrlar