
Bugundan Germaniyada Evropa ligasi uchrashuvlari markazlashgan holda davom ettiriladi
Bugun Germaniya shaharlarida UEFA Evropa ligasining chorak final bellashuvlari boshlanadi.
Markazlashgan holda o‘tkazilayotgan musobaqaning dastlabki kunida muxlislar “Manchester Yunayted” – “Kopengagen” hamda “Inter” – “Bayer” bahslarini tomosha qilishlari mumkin.
“Neradzurrilar” va “dorishunoslar” o‘rtasidagi o‘yin Dyusseldorfdagi “Esprit Arena”da, Angliya va Daniya grandlari to‘qnashuvi esa Kyolndagi “Reyn Energi” stadionida bo‘lib o‘tadi. Har ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar