Bugundan Italiya chempionatida 32-tur bahslari boshlanadi. "Roma" qachon va kim bilan o‘ynaydi?
9-11 aprel kunlari Italiya chempionatida 32-tur bahslari o‘tkaziladi. Bugungi 3 ta o‘yin turni boshlab beradi.
Dastlab "Empoli" o‘z uyida "Spetsiya" bilan kuch sinashadi. "Verona" mehmonda "Inter"ga qarshi maydonga tushadi. "Yuventus" safarda "Kalyari" to‘sig‘idan o‘tishga urinadi. Biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bellashuv. Joze Mourino shogirdlari Rimda "Salernitana"ni qabul qiladi.
QuyidaA Seriya 32-tur o‘yinlari bilan tanishing (Uchrashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
A Seriya, 32-tur
9 aprel
19:00. Empoli - Spetsiya
21:00. Inter - Verona
23:45. Kalyari - Yuventus
10 aprel
15:30. Jenoa - Latsio
18:00. Venetsiya - Udineze
18:00. Napoli - Fiorentina
18:00. Sassuolo - Atalanta
21:00. Roma - Salernitana
23:45. Torino - Milan
11 aprel
23:45. Bolonya - Sampdoriya

Fikrlar