
Bunaqasi bo‘lmagan: PSJ yozda – ettita yangi yulduzni olib keladi!
Evropa Chempionlar ligasini erta tark etgan PSJ xo‘jayinlari kelasi mavsum oldidan tarkibni yangidan shakllantirmoqchi.
Ana shu maqsadda klub mutasaddilari bir necha katta transferlarni amalga oshiradi. Bu haqda nufuzli L'Equipe nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, darvozabondan boshqa barcha chiziqlarga yangi ijrochilar olib kelinadi. Xususan, taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatiga “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres kiritildi.
Shuningdek, yarim himoyaga PSVdan Ibrohim Sangare, “Borussiya Myonxengladbax”dan Klaudio Kone transfer qilinadi.
Eng jiddiy o‘zgarishlar hujum chizig‘ida bo‘ladi. Parijliklar “Manchester Siti”dan Bernardu Silva, “Lion”dan Rayan Sherki, “Napoli”dan Viktor Osimxen va “Benfika”dan Gonsalu Ramushni olib keladi.
Fikrlar