Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi: Prezident Lukakuni afv etdi

  • 23 aprel, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Italiya kubogi yarim finalida “Yuventus”ga qarshi birinchi o‘yinda maydondan chetlatilgan edi. Goldan so‘ng belgiyalik hujumchi "keksa sinora" muxlislarini imo-ishoralar bilan jim bo‘lishga undadi. Bu unga nisbatan qilingan irqchilik haqoratlariga javob edi, ammo hakam baribir Lukakuni jazoladi va unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi, keyin esa qizil kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

Tecno

Ushbu qarordan norozi bo‘lgan “neradzurrilar” darhol iapellyatsiya berdi, biroq u rad etildi va diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoldi. Jamiyat esa bunday adolatsiz qarordan g‘azablandi - "qanday qilib faqat jabrlanuvchi aybdor bo‘lishi mumkin?" Natijada, Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina Lukakuni afv etdi va diskvalifikatsiyani bekor qildi. Bu haqda jurnalist Daniele Mari o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Gravinaning fikricha, uning harakati irqchilikka qarshi kurashda yaxshi signal bo‘ladi. Shu tariqa Lukaku 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida "Inter"ga yordam bera oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!