Bunday xabarni mish-mish deya olmayman - Doston Hamdamov nimani nazarda tutmoqda?

  • 21 dekabr, 2020, 22:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Paxtakor” klubi bu yil ham O‘zbekiston chempioni va kubok sohibi bo‘lganidan keyin tabiiyki, jamoa a’zolarining kayfiyati juda chog‘.

Muvaffaqiyatlarda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan Doston Hamdamov borasida ham oxirgi paytlarda turli xabarlar eshitilyapti.

Masalan, unga AQSh klublaridan qiziqishlar bo‘layotganini aytish joiz. Shu bois futbolchi bilan bog‘langanimizda, u finaldagi g‘alaba, takliflar va Arveladze borasida sports.uzga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Biz finalga qattiq tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zimiz istagan natijaga erishishni maqsad qilib qo‘ygandik va bunga erishib, AGMKni mag‘lub etdik. Bu g‘alaba bilan “Paxtakor” muxlislarini tabriklayman. Kelasi yili ham jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman.

AQShdan taklif? Balki men haqimda “Paxtakor” klubidagilar bilan gaplashishgandir. Ammo hali o‘zimga hech kim taklif bilan chiqqani yo‘q. To‘g‘risi, bunday xabarni mish-mish ham deya olmayman. Yoki ular “Paxtakor” klubiga aloqaga chiqishgan bo‘lsa kerak, yana bilmadim.

Shota Arveladze menimcha, “Paxtakor”da qolsa kerak. Hali ketish rejasi yo‘q, deb o‘ylayman. Yana bilmadim, hammasini vaqt ko‘rsatadi, - deya munosabat bildirdi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!