
Bundesliga. "Bavariya" yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi
Germaniya Bundesligasi 8-turi doirasidagi "Bavariya" - "Bayer" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bahsda myunxeniklar yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi - 3:0.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Leroy Sane hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Jamol Musiala tablodagi hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Birinchi taym yakunlanishi arafasida, aniqrog‘i 39-daqiqada Sadio Mane jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. Ikkinchi taym oxiriga kelib, Nagelsmann shogirdlari 4-golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Tomas Myuller "dorichilar" darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zining mavsumdagi ikkinchi to‘pini kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Bavariya" hisobidagi ochkolar soni 15 taga etdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bayer" esa 5 ochko to‘plagan holda autsayderlar qatoridan joy olgan.
Fikrlar