
Bundesliga. "Bayer" o‘z maydonida "Verder" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi
Hozirgina Germaniya Bundesligasining 15-turidan o‘rin olgan “Bayer” hamda “Verder” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Patrik Shik gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, mehmonlar safida golni Emer Toprak kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng, “Bayer” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 29 taga etkazib oldi va 3-o‘rinda qoldi. “Verder” esa 15 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar