
Bundesligada rekord qayd etildi
"Paderborn" yarim himoyachisi Kluas Gyasula Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan "Verder" (0:3, tanaffus) ga qarshi bellashuvda sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Albaniyalik futbolchi joriy mavsum hakamlar tomonidan 17-bor ogohlantirildi va bu nemislar chempionatidagi rekordga sabab bo‘ldi. Bu uchun yarim himoyachiga 27 ta bahs kifoya qildi.
So‘nggi bor, 1998/99 yilgi mavsumda "Shalke" himoyachisi Tomash Gayto (16 bor ogohlantirilgan) rekord qo‘ygandi.
Yana bir e’tiborli tomoni, Gyasula mavsum davomida biror marta maydondan chetlatilmagan.
Fikrlar