
"Bunyodkor" BAAda "Lokomotiv", "Krasnodar" va "Rostov" bilan o‘ynaydi
“Bunyodkor” klubi mavsumlar oralig‘ining tayyorgarlik jarayonida xorijda ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
“Bunyodkor” klubi direktori Aziz Haydarovning Sports.uz jurnalisti bilan suhbatida jamoa yanvar oyida BAAda mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qildi.
12-25 yanvar kunlari oralig‘idagi yig‘in davomida “Bunyodkor” 4 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan va bu borada raqiblar bilan ham kelishib qo‘yilgan.
Dastlabki bahs BAAning “Al-Vahda” klubiga qarshi o‘tadi. Keyingi uchta bellashuv Rossiyaning “Lokomotiv”, “Krasnodar” va “Rostov” klublariga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar