"Bunyodkor" bosh murabbiyi: "Og‘ir o‘yin bo‘ldi"

  • 18 mart, 2023, 23:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Bunyodkor” (0:3) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjunida mehmonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov qatnashdi.

Tecno

- Yig‘inlardan keyin endi-endi o‘zimizga kelyapmiz. Bir tomondan qiyin o‘yin. Ikkinchi tarafdan hisobni 3:0 ekanini bilishgach, ko‘rmaganlar oson yutibdi, deb o‘ylashlari mumkin.

Yo‘q, uchrashuv qiyin bo‘ldi. “Andijon” jamoasi ham har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yigitlarimizga katta rahmat. Ulardan talab qilganlarimizni oxirigacha chidab o‘ynab berishdi.

Shunaqa o‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, futbolchilar ham o‘sadi. Bugun ham yoshlarga imkoniyat berdik. Asta-sekin kelajak o‘yinlari uchun ham tayyorgarlik ko‘rib boramiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!