
"Bunyodkor" darvozaboni "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tdi
“Bunyodkor”da faoliyat olib borgan 26 yoshli darvozabon Abdumavlon Abdujalilovning klub bilan tuzgan shartnomasi deyarli tugadi. U yakuniga etayotgan mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Bunga qadar “Paxtakor” va “Neftchi” klublarida ham to‘p surgan Abdujalilov “Bunyodkor”ni tark etdi va kelasi yili “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi. Bu haqida u sports.uz saytiga shunday dedi:
- “Bunyodkor” bilan tuzgan shartnomam 31 dekabr kuni tugaydi. Ha, “Lokomotiv”dan taklif tushdi, u erga bordim va rahbarlar bilan gaplashdim. Xudo xohlasa, yangi mavsumni “Lokomotiv”da o‘tkazaman. Yangi yildan keyin klub matbuoti bu haqda rasman e’lon qilsa kerak, - dedi Abdujalilov.
Fikrlar