"Bunyodkor" futbolchisi faoliyatini Toshkentning boshqa klubida davom ettiradi
"Lokomotiv" mavsumlar oralig‘idagi navbatdagi transferini e’lon qildi.
O‘tgan mavsum davomida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan darvozabon Zafar Safoev endilikda "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi. 31 yoshli posbon yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
U o‘tgan mavsum "qaldirg‘ochlar" safida 7 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yuborgan.



Fikrlar