"Bunyodkor" futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi. Jamoa PFL qarorini kutmoqda

  • 17 iyul, 2020, 17:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Toshkentning «Bunyodkor» klubi himoyachisi Islom Qobilov koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

- 7 iyul kungi Superliga doirasidagi «Navbahor» bilan o‘yin oldidan futbolchilarimizdan birida harorati ko‘tarilib, isitma kuzatildi. Lekin o‘yinga 2 kun qolganida futbolchi o‘zini yaxshi his qilayotganini murabbiylar shtabiga aytdi, shaxsan o‘zim ham gaplashdim. Shu bois u «Navbahor»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Gap jamoamiz himoyachisi Islom Qobilov haqida ketayapti.

O‘yin yakunidan keyin baribir test topshirish kerak, degan qarorga keldik va 9 iyul kuni Islom test topshirdi. 12 iyul kuni esa test javobida uning virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, shifokorlar va infektsionistlar klub qarorgohida bo‘lib, futbolchimizni tekshiruvdan o‘tkazishdi. Qobilovda virus alomatlari engil ekanligi tufayli isitmasi ham pasaygan. Futbolchiga 4-5 kun davolanish tavsiya qilindi, - degan Mirzaev.

Shundan so‘ng, «Bunyodkor»da 65 kishi koronavirusga test topshirgan va hozirda natijalar kutilmoqda. Klub PFL ruxsat bersagina mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
17/07/2020 18:34
Соғлик биринчи ўринда. Ҳаммангиз соғлом бўлинглар, ҳали сизларнинг чиройли ўйинларингиздан кўп баҳраманд бўламиз, худо хохласа.