"Bunyodkor" futbolchisida virus aniqlansa, nima bo‘ladi? Diyor Imomxo‘jaev "Rostov" misolida vaziyatni tushuntirdi

  • 12 iyul, 2020, 20:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shu bois “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirildi. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida o‘yin qoldirilishi yuzasidan berilayotgan ayrim takliflarga shunday munosabat bildirdi.

Tecno

- Agar "Bunyodkor" klubi futbolchilarida infektsiya aniqlangan bo‘lsa, demak klubning o‘rinbosarlari tarkibi ham shubhada qoladi. O‘zPFL "Buxoro" klubi futbolchilarining salomatliklari haqida qayg‘urgani holda, "Bunyodkor" yoshlarini ham safarga yubormaydi.

O‘zPFL, shuningdek, "Bunyodkor"ning so‘nggi raqibi bo‘lgan "Navbahor" futbolchilarining ham sog‘ligidan xavotirlandi va ularni test topshirishga ko‘ndirdi. Biz uchun qolgan 13 jamoaning uchrashuvlarga shay holatda bo‘lishi juda muhim.

"Rostov" bilan bo‘lgan voqea sabab Rossiya futboli butun dunyo uchun mavzu bo‘ldi. Biz Rossiya futboli bosib o‘tgan yo‘ldan maksimal darajada o‘rnak olmaslikka harakat qilamiz. Bizning o‘z yo‘limiz bor, agar gap jahon tajribasi haqida ketsa, futboli va umuman boshqa sohalari rivojlangan mamlakatlar yo‘lini o‘rganishimiz mumkin.

O‘zPFL uchun birinchi navbatda futbolchilar va umuman aholi salomatligi, undan keyingina futbol. Biz futbol uchrashuvlarini davom ettirish yo‘lida maksimal darajada harakat qilyapmiz va bu borada barcha futbol klublaridan gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raymiz, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!