"Bunyodkor" "Hokim kubogi" g‘olibiga aylandi. "Qaldirg‘ochlar" qancha miqdorda pul ishlab oldi?

  • 3 fevral, 2021, 15:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqaning final bahsi bo‘lib o‘tdi. "Bunyodkor" hal qiluvchi bellashuvda "Istiqlol" bilan kuch sinashdi.

Tecno

"Istiqlol" stadionda o‘tgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 4:1 hisobida zafar quchdi va kubok sohibiga aylandi. Qolaversa, toshkentliklar g‘olibga ajratilgan 50 million so‘mga ega bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin sohibi 30 millionni qo‘lga kiritdi. 3-o‘rinni egallagan "Qo‘qon-1912" esa, 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

«Hokim kubogi-2021»

FINAL

«BUNYoDKOR» - «ISTIQLOL» - 4:1

Gollar: Sardor Sotvoldiev 48 - Lutfulla To‘raev 20, 70, Farruh Ikromov 84, Rasul Yo‘ldoshev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!