"Bunyodkor" rossiyalik bosh murabbiy Krestinin bilan xayrlashganini e’lon qildi!

  • 1 dekabr, 2023, 20:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" klubi Superligada 2023 yilgi mavsumni 8-pog‘onada yakunladi. Bugun chempion bo‘lgan "Paxtakor" mag‘lub etilganidan so‘ng klub matbuot xizmati bosh murabbiy Aleksandr Krestinin bilan shartnoma uzaytirilmasligini ma’lum qildi.

"Barchasi uchun rahmat Aleksandr Sergeevich! "Bunyodkor" futbol klubi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bosh murabbiy Aleksandr Krestinin va uning yordamchilari bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Aytish kerak, "Bunyodkor" Aleksandr Sergeevich bilan ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Chempion "Paxtakor" va kumush medal sohibi "Nasaf" safarda mag‘lubiyatga uchratildi. Toshkentda "Neftchi" taslim etildi.

"Bunyodkor" futbol klubi rossiyalik mutaxassis va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildirgan holda murabbiylik faoliyatida omad tilaydi!", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!