"Bunyodkor" sekin asta uyg‘onmoqda. Jamoa yana bir transferni e’lon qildi
Yana bir futbolchi “Bunyodkor” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Andijon” safida Superligada 43ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta golga mualliflik qilgan yarim himoyachi Usmonali Ismonaliev faoliyatini “Bunyodkor”da davom ettiradi. Futbolchi bilan ikki yil muddatga mo‘ljallangan shartnoma tuzildi.
MA’LUMOT UChUN
Usmonali Ismonaliev
Tug‘ilgan sanasi: 09.02.1998
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati
2019 yil – “Andijon” 1ta o‘yin
2020 yil – “Andijon” 20ta o‘yin
2021 yil – “Andijon” 22ta o‘yin 5ta gol
2022 yildan “Bunyodkor”da

Fikrlar