"Bunyodkor" va "Qizilqum" chempionat doirasida 33 marta to‘qnashgan

  • 5 oktabr, 2023, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" jamoasi ertaga superliga 21-tur uchrashuvini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda o‘zaro 33 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 7 tasida navoiyliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 20 ta o‘yinda "Bunyodkor" jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 6 uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati esa 60-27, "qaldirg‘ochlar" foydasiga.

"Qizilqum" jamoasining o‘zaro uchrashuvlarda qo‘lga kiritgan  ishonchli g‘alabasi 2022 yilda bo‘lib, o‘shanda "konchilar" raqibni 3:1 hisobida mag‘lub etishgan.

"Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalarining so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:

"Qizilqum" 2:0 "Bunyodkor"

"Bunyodkor" 1:2 "Qizilqum"

"Qizilqum" 3:1 "Bunyodkor"

"Bunyodkor" 1:0 "Qizilqum"

"Qizilqum" 2:1 "Bunyodkor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!