"Bunyodkor"ning sobiq sardori: Suares taslim bo‘lmaydi

  • 9 iyun, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bunyodkor”da O‘zbekiston chempionati g‘olib va to‘purari bo‘lgan Rivaldo “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan Lautaro Martines haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- “Barselona” olishga harakat qilayotgan Lautaro Martines yaxshi futbolchi. Ayniqsa, uning yoshini inobatga olsak jamoaga tez kirishib ketadi. Odatda, 100 million evro turadigan futbolchi asosiy tarkibda to‘p surishi kerak. Lekin “Barsa”da Luis Suares bor. U yana ikki-uch yil yuqori saviyada o‘ynay oladi. Suares Lautaroga haqiqiy bosh og‘riq bo‘ladi, - dedi Rivaldo.

Rivaldo pandemiya va “Inter”ning katta miqdorda pul talab qilayotganini inobatga olib “Barselona” bu transferni yana bir karra o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytmoqda.

Shomurodov Maradona bilan Moskvani aylanganini bilasizmi?

Moskvaning “Lokomotiv”ini O‘zbekiston termasida o‘ynagan futbolchi boshqarishi kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!