
Shomurodov Maradona bilan Moskvani aylanganini bilasizmi?
Hozir Rossiya premer-ligasining eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida Evropa klublari e’tiborini o‘ziga qaratgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov bir paytlar “Lokomotiv” ko‘rigidan o‘tish uchun do‘stlari bilan Moskvaga kelgan edi.
Bu haqda Eldorning “Mash’al” akademiyasidagi do‘sti Maradona Safarov sports.uz saytiga muxbiriga bergan intevryusida ma’lum qilgan.
- Bilasizmi, 2008 yili men, Eldor Shomurodov va Jahongir Abdumo‘minov uchalamiz Moskvaning “Lokomotiv” klubida ko‘rikda bo‘lganmiz. Ammo o‘shanda bizlarni u erda olib qolishmagandi, - degan edi Maradona Safarov.
Moskvaga borgan shu uch futbolchidan faqatgina Eldor Shomurodovga Rossiya chempionatini zabt etish nasib qildi.
Fikrlar
Eldor kabi ozi ornini topib ketishini tilab qolamiz!
Sayt adminlariga gap yoq reklama postlar ajoyib
Eldor kabi ozi ornini topib ketishini tilab qolamiz!
Sayt adminlariga gap yoq reklama postlar ajoyib????