Butunjahon armiya o‘yinlari. Yana bir bokschimiz finalda!
Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon armiya o‘yinlarida sportchilarimiz juda faol ishtirok etishmoqda.
Shu qatorda, boks bo‘yicha Bilolbek Mirzarahimov yarim final jangini o‘tkazdi. Ushbu jangda hamyurtimizga Germaniya terma jamoasi a’zosi Paul Andreas raqiblik qildi. Bilolbek Mirzarahimov to‘liq ustunlik bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
Ma’lumot uchun, Mirzarahimov 26 oktyabr kuni oltin medal uchun kurashishga Qozog‘iston vakili Aslanbek Shimbergenov bilan ringga ko‘tariladi.

Fikrlar