Buuuummm! Nursulton Ro‘ziboevning UFCdagi debyut sanasi ma’lum!

  • 21 iyun, 2023, 10:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

1 iyul ( Toshkent vaqti bilan 2 iyulga o‘tar kechasi) start oluvchi UFC Fight Night turniri o‘zbekistonlik MMA ixlosmandlari uchun yanada qiziqarli tus olishi aniq bo‘ldi. Sababi, uzoq vaqtdan buyon UFC bilan shartnoma imzolishi kutalayotgan yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev jahonning eng nufuzli promoushenida debyut qiladigan bo‘ldi. Yurtdoshimiz o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida jang qiladi. Tez orada uning raqibi haqida ma’lumot beramiz.

Tecno

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboev professional faoliyati mobaynida 35 ta g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.Shuningdek, bitta natijasi bekor qilingan jang ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
dilshodbekqambarov405@gmail.com
21/06/2023 11:17
Олат Нурсултонга. UFC да жанг киладигон Узбеклар купаяверсин.