"Buxoro" klubi O‘zbekiston chempionati tashkil etilgan kezlari 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ammo...

  • 6 aprel, 2020, 13:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan jamoalar va ularning statistikasini taqdim qilishda davom etamiz. Navbat "Buxoro"ga.

Avvalroq, "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "So‘g‘diyona", "Metallurg", "Surxon", "Nasaf", AGMK, "Navbahor", "Andijon" va "Qo‘qon-1912"ning natijalariga to‘xtalib o‘tgandik. Endi esa "Buxoro"ning O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlariga e’tibor qaratamiz.

Jamoa o‘zbekiston chempionati tashkil etilgan yillari 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan payti ham bo‘lgan. Ammo shundan so‘ng buxoroliklarning natijalari yomonlashib boraverdi...

Ushbu klub haqida ma’lumotlarni to‘playotganimizda rasmiy sayti bor yoki yo‘qligini yozishga rosa ikkilandik. Jamoa nomi bilan ochilgan sayt bor. Ammo u erda umuman boshqa mavzular chop etiladi va shundan kelib chiqib Professional futbol klubi maqomidagi jamoaning bitta rasmiy sayti yo‘qligi ajablantirdi. To‘g‘ri, ayni paytda ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarga tayanib qolgan. Ammo birdaniga tarmoqlar o‘chib ketsa, klubga oid ma’lumotlarni qaerda topiladi? Buni klub mutasaddilari bir o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi.

“Buxoro”

Tashkil topgan yili: 1989

Stadioni: “Buxoro Arena”

O‘zbekiston chempionatidagi ishtiroklari soni: 27

O‘tkazgan o‘yinlari: 790

Ochkosi: 1002

To‘plar farqi: 1073-1201

Yutug‘i: 1994 2-o‘rin

Bosh murabbiy: Muhsin Muhammadiev

Rasmiy sayti: Yo‘q

Yil

O‘rni

O‘yinlar soni

To‘plar farqi

Ochko

1992

 4

 32

59-23

47

1993

 5

 30

46-32

35

1994

 2

 30

63-31

44

1995

 5

 30

39-56

40

1996

 5

 30

52-39

50

1997

 7

 34

57-55

53

1998

 7

 30

51-50

43

1999

 9

 30

44-50

37

2000

 6

 38

73-60

65

2001

 7

 34

57-58

48

2002

 7

 30

37-53

41

2003

12

 30

48-56

32

2004

 7

 26

31-45

30

2005

12

 26

37-59

29

2006

11

 30

35-34

34

2007

 9

 30

29-43

36

2008

15

 30

24-44

26

2009

15

 30

40-59

24

2011

 9

 26

23-38

31

2012

 7

 26

25-31

35

2013

 7

 26

33-44

33

2014

12

 26

23-43

25

2015

14

 30

31-53

26

2016

 4

 30

42-27

58

2017

 6

 30

42-40

46

2018

 6

 20

14-41

10

2019

12

 26

18-37

24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!