
"Buxoro" safiga legioner futbolchi qo‘shildi
Pro liganing yangi mavsumiga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Buxoro" jamoasi yig‘iniga bugun legioner futbolchi kelib qo‘shildi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa safiga 21 yoshli hujumchi Tengeg Nevill kelib qo‘shildi.
Futbolchi bugun buxoroliklar bilan birga mashg‘ulotlarni olib bordi. Agar, Nevillning xatti-harakatlari murabbiylarni qoniqtirsa, u yangi mavsumni "Buxoro" safida o‘tkazishi mumkin.
Jamshid Saidov shogirdlari 14 fevral kuni Birinchi liga ishtirokchisi "Rubin" klubiga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan.
Fikrlar