"Buxoro" Superliga jamoasini mag‘lub etdi

  • 14 fevral, 2022, 13:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan “Buxoro” o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishda davom etyapti. 12 fevral kuni “Qo‘qon-1912”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan buxoroliklar bugun Superliganing yana bir jamoasi – “Surxon”ga qarshi maydonga tushishdi.

Tecno

Mazkur to‘qnashuvda Hakim Fuzaylov boshchilik qilayotgan “Buxoro”ning qo‘li baland keldi – 2:0. Ikkala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. 50-daqiqada Fayzulla Jumanqo‘ziev, 78-daqiqada esa Firdavs Asadov tomonidan kiritilgan gollar o‘yin taqdirini hal qildi.

“Buxoro”: Nikola Stoshich, Obid Jo‘raboev, Jasur Hasanov, Dmitro Sidorenko, Mirjalol Jumaev, Xurshid Olimov, Oleg Marchuk, Sardor Eminov, Sobit Sindarov, Rustam Abduhamidov, Firdavs Asadov.

Zaxirada: Sardor Qobuljonov, Shavkat Salomov, Sardor Izzatov, Bekzod Saidov, Jamoliddin Ubaydullaev, Bobur Omonov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Suhrob Ne’matov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!