"Buxoro" ustozi "Mash’al" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi
Pro-liga 25-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Bellashuvdan so‘ng buxoroliklar ustozi Hakim Fuzaylov o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qiziqarli, bahsli vaziyatlarga boy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Pley-off bosqichi kulminatsion nuqtaga yaqinlashib boryapti. Mash’al futbolchilari motivasiyaga to‘lib, maydonda harakat qilishdi. Haqiqiy kurash kechdi. Futbolchilarim vaziyatlardan vaqtida foydalanishganda, o‘yin oxirida kuchli hayajonda to‘p surishmas edi. Bor kuchlarini g‘alaba uchun bag‘ishlashdi. Darvozabonimiz bir qancha o‘yinlarda bizni 100 foizlik gollardan saqlab qoldi. Bugun ham ajoyib qo‘riqladi darvozamizni. Barcha yigitlarga raxmat.
- Bizni uzoq yo‘l bo‘lishiga qaramay, yolg‘izlatib qo‘ymagan muxlislarimizga tashakkur.
Fikrlar